Qirg‘izistonda davlat tilida yozilmagan ko‘cha nomlari va bannerlar olib tashlanmoqda

Olam

image

Qirg‘izistonning poytaxti Bishkek shahrida davlat tilida yozilmagan hamda tasdiqlangan loyiha kodeksiga zid ravishda o‘rnatilgan ko‘cha nomlari va reklama yozuvlari olib tashlanmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, reklamalar va ko‘cha nomlari mamlakatdagi tasdiqlangan loyiha bo‘yicha oq rangda, ko‘k rangli yozuv va belgilar bilan tayyorlanishi kerak.

“So‘nggi paytlarda tegishli idoralarning ruxsatisiz, o‘zboshimchalik bilan jismoniy shaxslar va uy-joy mulkdorlari tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan belgilarni o‘rnatish, davlat tili qoidalarini buzish, tasdiqlangan loyiha kodeksiga rioya qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu borada tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan o‘rganishlar, reydlar o‘tkazilmoqda”, deb bayonot bergan shahar hokimligining matbuot xizmati.

Hukumat aholini qonuniy talablarga rioya qilishga chaqirib, “Davlat tili to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra, ko‘cha nomlari faqat qirg‘iz tilida yozilishi kerakligini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda O‘zbekistonda reklama materiallarini tayyorlash, e’lon qilish va tarqatishda davlat tiliga oid talablarga amal qilmaslik uchun javobgarlikni belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston Bishkek davlat tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing