Japarov davlat mukofotlarini berishga moratoriy joriy etdi
Olam
−
15 avgust 3867 1 daqiqa
Qirg‘izistonda davlat mukofotlari, faxriy unvonlar bilan taqdirlashga 2026 yil 1 yanvarga qadar moratoriy o‘rnatildi. Bu bo‘yicha Prezident Sadir Japarov joriy yilning 14 avgust kuni tegishli farmonni imzoladi.
Moratoriy muddatida mukofotlar va faxriy unvonlar faqat davlat rahbarining tashabbusi bilan alohida hollarda, masalan, mamlakat yoki jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun berilishi mumkin.
Prezident Administratsiyasi mukofotlash uchun materiallarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni to‘xtatadi, qayd etilgan alohida holatlar bundan mustasno. Adliya vazirligiga ikki oy muddatda amaldagi qonunlar va mukofotlash amaliyotini har tomonlama tahlil qilib, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Xayitboyevich Bozorov Prezident Sadir Japarovning tegishli farmoni bilan Qirg‘izistonning “Dank” ordeni bilan mukofotlangandi.
Live
Barchasi