Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari uchun qirg‘iz tilini bilish talablari kuchaytirildi

Olam

image

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari uchun qirg‘iz tilini bilish talablari kuchaytirildi. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi 2022 yil 4 apreldagi 189-sonli qarorga tegishli o‘zgartirishlar kiritdi.

Bu qaror davlat fuqarolik va munitsipal xizmatidagi ma’muriy lavozimlar uchun standart malaka talablarini belgilaydi. 

Qarorga ko‘ra, endilikda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan darajada davlat tilini bilish ayrim toifadagi lavozimlar uchun majburiydir. Rasmiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada davlat tilini bilish talabi saqlanib qolgan. 

Kiritilgan o‘zgartirishlar “Davlat tili to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan. Hujjat davlat boshqaruvida qirg‘iz tilining rolini kuchaytirish hamda ma’muriy ishlar sifatini oshirishni ko‘zda tutadi. Qaror e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari va qator mutaxassislar uchun qirg‘iz tilini bilish majburiy bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Unga muvofiq, Jogorku Keneshi deputatlari, Vazirlar mahkamasining raisi va a’zolari, Konstitutsiyaviy, Oliy va mahalliy sudlarning sudyalari, prokurorlar, tergovchilar, Milliy bank xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va milliy xavfsizlik idoralari xodimlari qirg‘iz tilini bilishlari shart bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Qirg'iziston qirg'iz tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing