Qirg‘izistonda davlat bayroqlarini yoqib yuborgan shaxslar qo‘lga olindi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan ekstremistik tashkilotga a’zo bo‘lgan va davlat bayroqlarini yoqishda gumon qilinayotgan respublikaning ikki fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

“30 mayga o‘tar kechasi Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qishlog‘ida Qirg‘iziston Respublikasi davlat bayroqlarini yoqib, keyinchalik arabcha matnli oq bayroqlarga almashtirish yo‘li bilan ataylab yo‘q qilingani qayd etilgan”, deyiladi xabarda.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan mazkur jinoyatni tashkilotchilari “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 19 va 16 yoshli fuqarolar ekani aniqlangan. Ularning ism va familiyalari tergov manfaati uchun oshkor etilmayapti.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan biri fuqarolarni diniy ekstremistlar safiga ham jalb qilgan.

“Ikkala ishtirokchi arabcha yozuvlar tushirilgan oq bayroqlarni tayyorlab, 30 mayga o‘tar kechasi Bekobod qishlog‘idagi 4- va 88-sonli maktablarning asosiy darvozalari hamda mobil aloqa operatori minorasidagi Qirg‘iziston Respublikasi davlat bayroqlari bilan almashtirdi. Shundan so‘ng, ular Bekobod qishlog‘idagi Sidiqova va Uraimjon ota ko‘chalari chorrahasida davlat bayroqlarini yoqib yuborishgan”, deyiladi matbuot markazi xabarida.

Tergov doirasida yana bir necha kishi hibsga olindi, ular orasida gumonlanuvchilardan birining onasi va ukasi ham “Hizb ut-Tahrir”ga a’zo bo‘lgan.

“Hammaga man etilgan ekstremistik tashkilotga a’zolik ayblovi, shuningdek, shaxslarga ekstremistik adabiyotlarni tarqatish maqsadida davlat ramzlarini yo‘q qilish aybi qo‘yildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq terrorizm va separatizmda gumon qilingan Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston davlat bayroqlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing