Qirg‘izistonda chegarachi qo‘lga olindi (video)
Olam
−
22 Sentabr 2025 12664 1 daqiqa
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘izistondagi “Oq-Jol” nazorat-o‘tkazish punkti chegarachisini qo‘lga oldi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.
Joriy yilning 17 sentyabr kuni Chegara xizmati harbiy xizmatchisi I.T. va chet el fuqarosi F.B.ga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 337-moddasi (mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 338-moddasi (davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida chegarachi hamda uning “mijozi” bo‘lgan chet el fuqarosi ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xorijlik chegarachi ko‘magida ruxsatnomasiz davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan.
Ular Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Bishkek shahrining Birinchi may tumanidagi Mayovka munitsipal hududiy birlashmasidagi qishloq xo‘jaligi yerlarini turarjoy qurilishiga noqonuniy aylantirish bilan bog‘liq korrupsion sxemani fosh qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025