Qirg‘izistonda Bosh vazir tayinlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Odilbek Qosimaliyevni mamlakat Bosh vaziri lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Odilbek Qosimaliyev Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi”, deyiladi Prezident saytida e’lon qilingan xabarda.

Shuningdek, bugun, 18 dekabr kuni Jogorku Kenesh yig‘ilishida yangi Vazirlar Mahkamasi rahbari va Prezident Administratsiyasi rahbari Odilbek Qosimaliyev qasamyod qilgan. Qasamyod marosimida Sadir Japarov ham ishtirok etgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining yangi a’zolari ham qasamyod qilgan:

  • Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Doniyor Omangeldiyev
  • Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vaziri Baqit To‘raboyev
  • Transport vaziri Absat To‘raboyev
  • Tabiiy resurslar vaziri Meder Mashiyev
  • Mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri Ravshanbek Sodiqov
  • Iqtisodiyot va savdo vaziri Baqit Siddiqov.

Ushbu tayinlovni shu kunning o‘zida Qirg‘iziston parlamenti ham ma’qullagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi sobiq rahbari Oqilbek Japarov o‘z xohishi bilan lavozimini tark etgan edi. Keyinchalik, Odilbek Qosimaliyev vaqtincha Qirg‘iziston hukumatini boshqaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bosh vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing