Qirg‘izistonda Bosh prokuror ham o‘zgardi. Navbatdagi nomzod – Japarovning tanishi

Olam

image
Bugun, 21 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokurori Otkurbek Jamshitov muddatidan oldin lavozimidan ozod etildi. Qirg‘iziston parlamenti a’zolari Otkurbek Jamshitovni muddatidan oldin lavozimidan ozod etish uchun ovoz bergan. 
 
Deputatlar yig‘ilishida ma’lum qilinganidek, Jamshitov "muddatidan oldin" va "o‘z xohishiga binoan" ishdan bo‘shatilgan. 
 
Shuningdek, bugunning o‘zida Qirg‘iziston Respublikasiga yangi Bosh prokuror tayinlandi.
 
Konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquqiy masalalar va reglament qo‘mitasi Bosh prokuror lavozimiga Qurmanqul Zulushev nomzodini ma’qullagan. Qaror qo‘mitaning bugungi yig‘ilishida qabul qilingan. 
 
Qurmanqul Zulushev – oltinchi chaqiriq Jo‘qorg‘i Kengesining deputati. Uning nomzodini mamlakat Bosh prokurori lavozimiga Bosh vazir – vaqtincha Prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov taklif qilgan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Sadir Japarov joriy yilning 14 oktyabr kuni parlament tomonidan Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi. 2017 yildan Prezident lavozimida ishlab kelayotgan Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishi  ortidan, Sadir Japarov vaqtincha Prezident vakolatlarini gardaniga oldi

Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuror

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing