Qirg‘izistonda bitta qo‘chqor 1 mln dollarga sotildi (video)

Olam

image

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Qirg‘izistondagi festivalda “Arashan” zotiga mansub qo‘chqor 1 million dollarga sotildi. Tadbirda beshta mamlakatdan borgan fermerlar ishtirok etgan. Bu haqda “Sputnik-Qirg‘izston” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda “Arashan” zotidagi qo‘ylarni rivojlantirishga bag‘ishlangan festivalda favqulodda bitim amalga oshirilgan. Xabarlarga ko‘ra, ushbu zotdagi qo‘chqor 1 million dollarga sotilgan. Sotuv haqidagi ma’lumotni Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham tasdiqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qimmatbaho nasldor qo‘chqor mashhur “Frankel” nomli qo‘chqorning avlodi. 2023 yilda Frankel Qozog‘istonga 150 ming dollarga sotilgan. “Frankel” Qirg‘izistonning “Arashan” zotining eng taniqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Talas yaylovlarida yetishtirilgan.

“Arashan” zoti Qirg‘izistonda rasman 2021 yilda ro‘yxatga olingan. U Hisor va Qirg‘iz dag‘al junli qo‘y zotining chatishtirilishi orqali yetishtirilgan. Avvalroq ushbu zotga Qozog‘iston va O‘zbekiston fermerlari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi”, deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, 2026 yilning mart oyida Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari “Arashan” nasldor qo‘ylari savdosi uchun auksion yoki birja formatida davlat maydonchasini yaratishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing