Qirg‘izistonda 5 ta partiya saylov natijasini tan olmadi

Olam

image

Kecha, 28 noyabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.  

Bugun, 29 noyabr kuni mamlakatdagi “Ata Meken”, “Islohot”, “Sotsial-demokratlar”, “Azattik”, “Uluttar birimdigi” partiyalari yetakchilari birlashib, umumiy bayonot bilan chiqqan. Bayonotga ko‘ra, ular parlament saylovi natijalarini qalbakilashtirish va hiyla-nayranglar tufayli tan olmaydi.  

Siyosatchilar Vazirlar Mahkamasining zudlik bilan iste’foga chiqishini, shuningdek, adolatli qayta saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda. 

“Bu saylovlar haqiqiy emas, deb topilishi kerak, aks holda xalqaro maydonda o‘zimizni sharmanda qilamiz”, degan “Uluttar birimdigi” partiyasi yetakchisi Melis Mirzakmatov. 

Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi saytida xatolik yuz bergan: ma’lumotlar noto‘g‘ri e’lon qilingan. Keyinroq MSK deputatlarni saylash tizimi bo‘yicha ikkita dastur — saylov qutisidagi ovozlarni avtomatik sanash tizimi hamda ma’lumotlarni yig‘ish va ularni aks ettirish dasturi ishlab chiqilganini tushuntirgan. 

Avvalroq, Qirg‘iziston parlamentiga saylovda qonun buzilishi faktlari bo‘yicha 20 dan ortiq jinoiy ish ochilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston saylov

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing