Qirg‘izistonda ham TikTok bloklanyapti

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi respublika hududida TikTok ijtimoiy tarmog‘iga kirishni cheklashni so‘ramoqda. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni Raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi.

“Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining respublika hududida TikTok axborot resursiga kirishni cheklash to‘g‘risidagi asoslantirilgan qarori asosida Aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmati aloqa operatorlariga ko‘rsatilgan xizmatdan foydalanishni cheklash choralarini ko‘rish zarurligi to‘g‘risida xat yubordi”, deydi vazirlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qarorga ijtimoiy tarmoqning “Qirg‘iziston Respublikasida bolalar salomatligi, ularning jismoniy, intellektual, aqliy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonunga rioya etmagani asos bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyi oxirida Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi TikTok'ni bloklash to‘g‘risida qaror qabul qilib, ijtimoiy tarmoqni bloklash qarorini qonun doirasida kelgusida amalga oshirish uchun Raqamli rivojlanish vazirligiga yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing