O‘zbekistonning yaqin qo‘shnisida ham metapnevmovirus aniqlandi

Olam

image

2024 yil oxirida Qirg‘izistonda metapnevmovirus infeksiyasi bilan kasallanishning ikki holati qayd etilgan. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash organlariga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda 2024 yilning oktyabr-dekabr oylarida (40-52-haftalar) 1 144 ta bemordan tahlillar olingan va ularning natijalari quyidagicha: rinnovirus – 210 holat, respirator-sintitsial virus – 259 holat, adenovirus – 105 holat, bokavirus – 79 holat, paragripp (I, II, III, IV turlari) – 98 holat va metapnevmovirus – 2 holat.

“Odam metapnevmovirusi (Human metapneumovirus, hMPV) Pneumoviridae oilasiga mansub RNK tarkibli virus hisoblanadi. U insonlarda, ayniqsa, bolalarda o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni keltirib chiqaradi. Metapnevmovirus infeksiyasi (MPVI) qo‘zg‘atuvchisi, “odam metapnevmovirusi” deb nomlangan ushbu virus 2001 yilda nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bolalarning qonida olib borilgan tadqiqotlarda aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ham mazkur virus bo‘yicha rasmiy ma’lumot bergan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ham ayni vaqtda o‘tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Respublikada ularning laboratoriya tekshiruvlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda va ana shunday tekshiruvlarning 39,9 foizida gripp virusi, 32,2 foizida rinovirus, 30,6 foizida respirator-sinsitial virus va 1,2 foizida metapnevmovirus aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston metapnevmovirus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing