Qirg‘iziston va Qozog‘iston 49 yil muddatga yer almashadi
Olam
−
29 iyun 2918 1 daqiqa
Qozog‘iston Senati Ostona va Bishkekda elchixonalar hamda elchilarning qarorgohlari uchun yer uchastkalari va binolarni 49 yil muddatga bepul almashishini nazarda tutuvchi kelishuvni ma’qulladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Ratifikatsiya qilingan hujjatga ko‘ra, ikkala mamlakat elchixonalarni hamda favqulodda va muxtor elchilarning rasmiy qarorgohlarini joylashtirish uchun maydonlarni beg‘araz asosda taqdim etadi.
Ushbu kelishuvning bosh maqsadi o‘zaro manfaatdorlik va paritet (tenglik) tamoyillari asosida diplomatik missiyalarning faoliyat yuritishi uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
Ko‘chmas mulk ob’ektlari va yer maydonlari tomonlarga 49 yil muddatga uzoq muddatli foydalanish uchun topshiriladi. Ushbu almashinuv doirasida Qirg‘iziston tomoni Ostona shahrida elchixona binosini qurish uchun 0,74 gektar maydonga ega yer uchastkasini, shuningdek, dipmissiya rahbari qarorgohi uchun maydoni 1267 kvadrat metr bo‘lgan alohida kottejni oladi.
O‘z navbatida, Qozog‘istonga Bishkek shahrida elchixona ehtiyojlari uchun 0,75 gektar yer hamda elchining yashashi uchun maydoni 531 kvadrat metr bo‘lgan kottej ajratiladi. Har bir ob’ektga tutash bo‘lgan alohida hudud biriktirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga qarashli Cho‘ng‘ara va Tosh-Tepa qishloq aholi punktlari davlat chegarasini demarkatsiya qilish doirasida Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi