Qirg‘iziston O‘zbekistondan borgan 28 tonna sabzavotni qaytarib yubordi

Olam

image

Qirg‘izistonga O‘zbekistondan keltirilgan 28 tonna sabzavot “Qizil-Qiya — avtoyo‘l” fitosanitariya nazorat postidan qaytarib yuborildi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda. 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar 23 tonna piyoz va 5 tonna sabzini tekshirish chog‘ida mahsulot qadog‘ida majburiy markirovka (tamg‘a) yo‘qligini aniqlagan.

Ta’kidlanishicha, karantin ostidagi mahsulotlarni markirovkasiz olib kirish Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining yagona karantin fitosanitariya talablarini buzish hisoblanadi.

Aniqlangan qoidabuzarlik munosabati bilan yuk eksport qilgan mamlakatga qaytarilgan.

Qirg‘iziston 2015 yil avgustdan buyon Rossiya boshchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston esa 2020 yildan buyon ushbu ittifoqda kuzatuvchi maqomiga ega. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing