Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli joriy qilgan go‘sht eksportiga taqiqni bekor qildi
Jamiyat
−
03 Oktabr
113412024 yil sentyabr oyida Qirg‘iziston bozorlarida go‘sht narxining keskin oshishi kuzatildi. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida O‘zbekistonga eksportning ko‘payishi ko‘rsatildi. Bu haqda “Akchabar” xabar berdi.
Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil avgustdan sentyabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht narxi 6,76 foizga oshgan. 2024 yil avgust oyida go‘shtning o‘rtacha narxi 570,23 som (86,4 ming so‘m) bo‘lgan bo‘lsa, sentyabr oyiga kelib u 608,77 somga (98,5 ming so‘m) yetgan. O‘tgan yilning sentyabr oyida esa go‘shtning narxi 59,19 somga (8 967 so‘m) past bo‘lib, bu yillik 10,77 foiz o‘sishni anglatadi.
Avvalroq, idora saytida narxlarning oshishi sentyabrdagi an’anaviy to‘y mavsumi va ozuqa yetishmovchiligi bilan bog‘liq ekanligi haqida ma’lumot berilgan. Ammo, hozirda Antimonopoliya xizmati vakillari asosiy omil sifatida O‘zbekiston va Tojikistonga yetkazib berilayotgan go‘sht eksportining sezilarli darajada oshishini keltirmoqda.
“Katta miqdordagi go‘sht hozirda O‘zbekistonga, u orqali esa Tojikistonga ketmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bunga javoban respublikadan go‘shtni chiqarishga vaqtincha taqiq joriy qilishni taklif qildi”, deydi Antimonopoliya xizmati tartibga solinadigan sohalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Sirgak Omorov.
Qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Antimonopoliya xizmati hamkorligi orqali narxlarning pasayishiga erishilgani sabab eksportga joriy qilingan vaqtincha taqiq o‘tgan haftada olib tashlangan.
“Biz go‘sht narxining sezilarli darajada pasayishini kuzatmoqdamiz. Agar sentyabr boshida narxlar 100 somga yaqin o‘sgan bo‘lsa, hozirda u avvalgi ko‘rsatkichlarga qaytdi”, deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Jogorku Keneshining yonilg‘i-energetika kompleksi qo‘mitasi yig‘ilishida o‘zbek sementi importiga qo‘yilgan taqiq yuzasidan tortishuv bo‘lgan edi.
LiveBarchasi