Qirg‘iziston TIV rahbari O‘zbekiston elchisiga mamlakatdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi
Olam
−
15 Oktabr 2020
7018Bugun, 15 oktyabrda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Xurshid Mirzaxidovni qabul qildi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston elchisi Ruslan Kazakbayevni yuqori davlat lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va unga ushbu lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov nomidan tabriklarni yetkazdi.
O‘z navbatida, Ruslan Kazakbayev elchiga mamlakatdagi mavjud vaziyat to‘g‘risida ma’lumot berdi. U siyosiy vaziyatni normallashgani, Jo‘qorg‘u Keneshning yangi Torag‘ini (spiker) saylangani, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri va hukumat a’zolari tasdiqlangani ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashdilar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar.
Ruslan Kazakbayev ilgari erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan u yaqin kelajakda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat chog‘ida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
LiveBarchasi