Qirg‘iziston tarixiy Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
−
28 avgust 2023
4159Bishkekda ilk bor eshitish qobiliyatida nuqsoni bor o‘smirlar, kadetlar va kattalar o‘rtasida yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston Olimpiya sport turlari bo‘yicha direksiya rahbari Melis Tobokelov ma’lum qildi.
Chempionat 2-12 sentyabr kunlari Bishkek shahrida, Kaba Uulu Kojomkula nomidagi sport saroyida bo‘lib o‘tadi.
Bahslarda dunyoning 15 dan ortiq davlatlaridan kelgan 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etadi.
2 sentyabrda ochilish marosimi, 3-6 sentyabr kunlari erkin kurash bo‘yicha musobaqalar, 8-11 sentyabr kunlari esa yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.
LiveBarchasi