Qirg‘iziston sobiq bosh prokurori hibsga olindi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori, muvaqqat hukumat a’zosi Azimbek Beknazarov razvedka xodimlari tomonidan o‘g‘rilik va pul yuvishda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, maxsus xizmat Azimbek Beknazarovga nisbatan 2010 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan voqealar davomida bank g‘aznalaridan va hukumat uyidan pullarni o‘g‘irlash hamda o‘zlashtirish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Beknazarov ushbu holatlarda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib qo‘yilgan katta miqdordagi pulni o‘zlashtirgan.

“Tergov davomida olingan ma’lumotlar Beknazarov tomonidan Issiqko‘l kurort zonasi hududida, Bishkek, Chuy va Jalolobod viloyatlarida qimmatbaho ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olish va ularni soxta shaxslarga ro‘yxatdan o‘tkazish orqali jinoiy yo‘l bilan olingan ushbu mablag‘larni legallashtirishni ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.

Tergov xulosasiga ko‘ra, Beknazarov aybdor deb topilgan va endi sud tergov davri uchun ehtiyot chorasini tanlash masalasini hal qiladi.

Ma’lumot uchun, 2010 yil aprel oyi voqealarida Qurmanbek Bakiyev prezidentlikdan ag‘darilgan va Roza Otunbayeva boshchiligidagi muvaqqat hukumat hokimiyat tepasiga kelgan. Azimbek Beknazarov o‘sha paytda Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2005 yil 24 martda mamlakatdagi “Lola inqilobi” oqibatida hokimiyatdan ag‘darilgan Asqar Akayev Jogorku Keneshga sobiq prezident maqomini tiklashni so‘rab maktub yo‘llagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Azimbek Beknazarov bosh prokuror

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing