Qirg‘iziston Rossiyaning S-300 raketa komplekslarini oldi

Olam

image

Qirg‘iziston Rossiyaning S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bizda Birlashgan havo mudofaasi tizimi mavjud. Endi bizga ushbu qo‘shma tizimning elementlari S-300 keldi. Ular Qirg‘iziston hududiga allaqachon olib kelindi”, degan Imonqulov.

Xavfsizlik kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, ushbu raketalar joylashgan majmuani joriy yilning 8 may kuni mamlakat poytaxti Bishkekda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ko‘rish mumkin.

Oldinroq, bir qator ommaviy axborot vositalarida Qirg‘izistondagi parad mashg‘ulotlarida aynan S-300PS va Tor-M2KM zenit-raketa tizimlari va yana Belarusdan olingan va modernizatsiya qilingan S-125-2BM havo mudofaa tizimlari ko‘rsatilishi haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonga S-300 zenit raketa tizimlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi kelishuvga 2021 yilda respublika Prezidenti Sadir Japarovning Rossiyaga tashrifi chog‘ida erishilgan. 2023 yil noyabr oyida Birlashgan mintaqaviy havo mudofaasi tizimini yaratish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirgan. Hujjatga ko‘ra, Rossiya kollektiv xavfsizlik zonasida Birlashgan mintaqaviy havo mudofaasi tizimi qo‘shinlarining harakatlarini muvofiqlashtiradi va Qirg‘iziston ushbu harakatlarni boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya hukumati rus armiyasiga yuzlab qisqa masofali ballistik raketalar va yuz minglab artilleriya snaryadlarini yetkazib berayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qirg'iziston S-300

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing