Qirg‘iziston Rossiya elektr energiyasiga “qaramlik”ni ikki baravarga oshirmoqchi 

Olam

image

Qirg‘iziston Rossiyadan elektr energiyasi importini yil yakuniga qadar ikki baravarga oshirishni rejalashtiryapti. Bu haqda mamlakat Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning mart oyida mamlakatga 875 million kilovatt/soat elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan bo‘lib, bu miqdor yil oxirigacha 1,5 milliard kilovatt/soatga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. 

Ibrayev Qirg‘iziston qaysi mamlakatlardan elektr sotib olishi va importni ko‘paytirish rejalari haqidagi savolga:

“Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekistondan... O‘zbekiston orqali faqat tranzit qilamiz. Bu yil biz Turkmaniston va Rossiyadan elektr energiyasi sotib olamiz. “Turkmanenergo” va “Inter RAO” bilan kelishuvimiz bor. Yil oxirigacha “Inter RAO” qariyb 1,5 milliard kilovatt/soat, “Turkmanenergo” esa 1,6 milliard kilovatt/soat yetkazib berishini rejalashtirmoqdamiz. Kelgusi yilda Turkmanistondan 1,7 milliard kilovatt/soat import qilishni maqsad qilganmiz”, deya javob bergan. 

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Rossiya bilan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shu yilning mart oyida shartnoma imzolagan. Rossiyaning “Inter RAO” xoldingi mamlakatning elektrga bo‘lgan 3 milliard kilovatt/soatlik ehtiyojini to‘liq qoplashga tayyorligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya elektr energiyasi Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing