Qirg‘iziston Prezidentining samolyoti Peterburgdan uchib keta olmadi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezident Sooronboy Jeenbekovning samolyoti Sankt-Peterburgdan uchib keta olmadi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda. 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisidan so‘ng Qirg‘iziston Prezidentining TU-154M  (bort №1) samolyoti texnik muammolar tufayli Sankt-Peterburg shahridan uchib keta olmagan. 

Xabarda qayd etilishicha, samolyot dvigatellaridan biri ishga tushmagan. Shuning uchun Prezident boshchiligida delegatsiyaning bir qismi tunda yo‘lovchi samolyot bilan Moskvaga uchgan, keyin u yerdan Bishkekka uchib ketgan.

Hozirda samolyot tuzatilgan va delegatsiyaning qolgan qismi unda Qirg‘izistonga uchadi.

20 dekabr kuni Sooronboy Jeenbekov Sankt-Peterburgda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida, so‘ngra MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Qirg‘iziston Prezidenti Tu-154Mda uchadi. U 1993 yilda ishlab chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sooronboy Jeenbekov

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing