Qirg‘iziston Prezidenti Bosh vazir iste’fosini qabul qildi
Olam
−
16 iyun 2020 5905 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyevning iste’fosini qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Qirg‘iz Respublikasi Bosh vazirining iste’fosini qabul qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qirg‘iz Respublikasi Hukumati endilikda iste’foga chiqqan hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Muhammadkaliy Abilgaziyev parlament tomonidan korrupsion jinoyatda ayblangach, iste’foga chiqishga qaror qildi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr