Qirg‘iziston parlamentining sobiq spikeri hibsga olindi

Olam

image

Joriy yilning 20 noyabr kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari mamlakat parlamentining sobiq spikeri Qanatbek Isayevni hibsga oldi. Bu haqda “Economist.kg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, siyosatchi uyushgan jinoiy guruhlarga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olingan.

Qanatbek Isayevning advokati Baqit Osmonaliyev mahalliy OAVga bergan bayonotida uning himoyasidagi shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi yaqin vaqt ichida belgilanishini ma’lum qilgan. Hozircha qo‘lga olish qaysi ish doirasida amalga oshirilgani ochiqlanmagan. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ham xabarga izoh bermagan. 

Ma’lumot uchun, Qanatbek Isayev 2020 yilning 13 oktyabrida Jogorku Kenesh spikeri lavozimini egallagan. Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fo berganidan keyin Isayev davlat rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borishi lozim bo‘lgan. Ammo u prezident vakolatlarini qabul qilishdan bosh tortib, parlamentdagi ishiga e’tibor qaratishini bildirgan. Keyinchalik u prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e’lon qilib, spiker lavozimidan ham voz kechgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Temirlan Sultonbekov saylovchilarni sotib olishga urinish aybi bilan hibsga olingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston spiker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing