Qirg‘iziston koloniyalarida tartibni sun’iy intellekt nazorat qilishni boshladi

Olam

image

Qirg‘izistonning jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar va xodimlarning tartib-qoidaga rioya qilishini nazorat qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanila boshlandi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligiga tayanib, “Vesti.kg” xabar berdi.

“Jazoni ijro etish xizmatining 21-sonli (1-sonli tergov izolyatori) va 27-sonli (jazoni ijro etish koloniyasi) muassasalarida belgilangan tartib buzilishini oldini olish uchun mashinaviy o‘qitishga asoslangan sun’iy intellekt texnologiyalari tajriba tariqasida joriy etildi”, deyiladi xabarda.

Ushbu tergov izolyatorlari va koloniyalarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari olov, janjal, ruxsatsiz odamlar yig‘ilishi, ruxsat etilmagan joyda bo‘lish holatlarini, shuningdek, muassasa ma’muriyati xodimlari tomonidan postni tashlab ketish holatini aniqlash qobiliyatiga ega.

“Bundan tashqari, jazoni ijro etish tizimidagi muassasalarimizda o‘rnatilgan kameralar jins, yosh, kiyimni aniqlay oladi. Masalan, formani kiyish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda o‘n beshdan ortiq jazoni ijro etish koloniyalari va tergov izolyatorlari mavjud bo‘lib, ularda taxminan 11 ming kishi saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tuzilgan global sun’iy intellektga tayyorlik reytingida 123-o‘rinni egallagani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston koloniya sun'iy intellek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing