Qirg‘iziston KXSHT mashg‘ulotlarini bekor qildi
Olam
−
10 Oktabr 2022 6127 1 daqiqa
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tinchlikparvar kuchlari bilan oktyabr oyida Qirg‘izistonda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Buzilmas birodarlik – 2022” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bekor qilindi.
“AKIpress” nashrining yozishicha, Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi tomonidan shunday qaror qabul qilindi.
“Buzilmas birodarlik – 2022” mashqlari rahbariyat qarori bilan bekor qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarning bekor qilinishi sababini keltirmagan.
KXSHT davlatlarining “Buzilmas birodarlik – 2022” harbiy mashg‘ulotlari oktyabr oyida Qirg‘izistondagi “Edelveys” poligonida o‘tkazilishi kerak edi.
Live
Barchasi