Qirg‘iziston qadimiy Bolasog‘un shahrini qayta tiklamoqchi
Olam
−
18 Sentabr
4931Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi qadimiy Bolasog‘un shahrini qayta tiklash uchun yer va investor qidirmoqda. Bu haqda mamlakat Jogorku Keneshi (parlamenti) yig‘ilishida vazir Oltinbek Maqsutov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qadimiy shaharni qayta tiklash uchun 10 gektar yer kerak.
“Bu katta loyiha, hozir biz Bishkek yaqinida 10 gektar maydonni qidirmoqdamiz, bu juda chiroyli bo‘ladi. Biz Bolasog‘un shahri uchun 3D loyihasini ishlab chiqdik. Samarqand va Buxorodan ham go‘zalroq bo‘lib chiqdi. Biz yer va moliya masalasini hal qilyapmiz”, deydi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik Xitoy bilan hamkorlikda To‘qmoq shahrida xitoylik shoir Li Bo nomidagi tarixiy va sayyohlik markazini yaratish ustida ishlamoqda.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov konsepsiya bilan tanishtirilgan.
Ma’lumot uchun, Bolasog‘un shahri O‘rta asrlarda hozirgi Qirg‘iziston hududida, hozirgi To‘qmoq shahri yaqinida Chu daryosi bo‘yida mavjud bo‘lgan.
LiveBarchasi