Qirg‘iziston FHni uzaytirmoqchi, Turkiya mahbuslarni ozod etadi – koronavirusga oid eng so‘nggi yangiliklar

Olam

m_oBGh3rmTfaQJnXe5yn3VfHWtiNMJyD

Dunyo bo‘yicha so‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni  2 mln 19 320 nafarni tashkil etmoqda. Hozirga qadar infeksiyadan 119 483 bemor vafot etdi. Kasallikdan 448 655 kishi shifo topib, tuzalib ketdi.

O‘zbekistonda 13 aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, COVID-19 bilan 998 odam zararlandi. Bemorlarning 85 nafari shifo topib, uylariga javob berildi. Afsuski, kasallik oqibatida ularning 4 nafari vafot etdi. 

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni keskin oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 13 aprelda 112 ta yangi infeksiya faktlari aniqlandi. Shunga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1091 nafarni tashkil etmoqda.

Qirg‘iziston hukumati favqulodda holatni, shuningdek, O‘sh viloyatining Bishkek, Naukat, Qorasuv tumanlari, Suzak tumani, O‘sh va Jalolobodda favqulodda holatni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Respublika tezkor shtab nomidan berilgan taklif prezident tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hukumatdagi manbalar 15 aprelgacha joriy etilgan karantin kamida ikki hafta, ya’ni 30 aprelgacha uzaytirilishini aytishgan.

AQSHda kecha, 13 aprel kuni koronavirus tashxisi bilan vafot etganlar soni 1509 kishiga yetdi, deya ma’lum qildi Jons Xopkins universiteti o‘z hisob-kitoblariga asoslanib. 10 aprel kuni kasallik sabab olamdan o‘tganlar soni oldingi kunlarga nisbatan 2,1 mingdan oshdi va shundan so‘ng bu ko‘rsatkich pasayishda davom etmoqda.

Turkiya parlamenti koronavirus pandemiyasi tufayli 90 mingga yaqin mahbusni vaqtincha ozod qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi va milliy harakat partiyasi tomonidan kiritilgan qonun hujjatlariga ko‘ra, jazo koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan kichik jinoyatlar uchun sudlanganlar vaqtincha qamoqdan ozod qilinadi. Ular 31 maygacha ozodlikka chiqariladi, shundan keyin ular uy sharoitida o‘z jazolarini o‘tashda davom etadi.

Yangi Zelandiya rasmiylari mamlakatda koronavirus tarqalishi fonida uchinchi marta favqulodda holat rejimini uzaytirdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi xabar bermoqda. Favqulodda holat 25 mart kuni kiritildi va ikki marta - 30 mart va 6 aprelda qayta uzaytirildi.

Jahonning boshqa davlatlarida quyidagi holat kuzatilmoqda: Xitoyda sznggi sutkada 89 nafar odam koronavirusga chalindi. Meksikada bemorlar soni 5000 dan oshib ketdi. Janubiy Koreyada esa bu ko‘rsatkich 10 564 nafarni tashkil etmoqda. Moskvada 14 aprel holatiga ko‘ra, 13 bemor vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing