Qirg‘iziston bayrog‘ini o‘zgartirishda bir qadam olg‘a siljidi

Olam

image

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitasi mamlakat davlat bayrog‘i dizaynini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organi matbuot xizmati xabar berdi.

“Oliy Kengashning Konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va reglamenti qo‘mitasi bugun, 28 noyabr kuni “Qirg‘iziston Respublikasining davlat ramzlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi va ma’qulladi”, deyiladi xabarda.

Mazkur qonun loyihasida davlat bayrog‘i dizaynini qisman o‘zgartirish nazarda tutilgan. Xususan, undagi nurlarning shaklini “to‘lqinsimon shakldan quyosh nurlarini aniq eslatuvchi shaklga” o‘zgartirish taklif qilinmoqda.

“Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘idagi quyosh nurlarining yangi eskizini ishlab chiqish uchun dastlabki bosqichda ushbu bayroqni tayyorlovchi mualliflar jalb qilingan bo‘lib, ular matematik hisob-kitoblar, chizmalar va tegishli ishlarni amalga oshirgan”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida ayrim deputatlar mazkur masala bo‘yicha referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan. Biroq o‘zgartirishlar tashabbuskori Ulan Primov 32 yil avval bayroq referendumda emas, parlament tomonidan tasdiqlanganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston davlat bayrog‘ini o‘zgartirish tashabbuskorlari parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov bo‘lgandi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston davlat bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing