Qirg‘iziston 11 yil avval inqilob bilan tugagan boshqaruv shakliga qaytdi

Olam

image

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 2021 yil 10 yanvarda Qirg‘iziston Respublikasi boshqaruv shaklini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalari to‘g‘risidagi protokolni tasdiqladi.

MSK ma’lumotiga ko‘ra, 81,49 foiz saylovchilar boshqaruvning “Prezidentlik respublikasi” shaklini ma’qul ko‘rgan.

“Parlament respublikasi” variantini ovoz berishda qatnashganlarning 10,91 foiz qo‘llab-quvvatlagan. 4,47 foiz referendum ishtirokchilari barchasiga qarshi bo‘lgan.

Shu tariqa, MSK 10 yanvar kuni o‘tkazilgan referendum bo‘yicha mamlakat boshqaruvning “Prezidentlik respublikasi” shakliga o‘tdi.

Ma’lumot uchun, 1991-2010 yillarda Qirg‘izistonda boshqaruvning prezidentlik shakli amal qilgan. Ammo ikkita xalq inqilobidan keyin 2010 yilda mamlakatda konstitutsion islohot o‘tkazilib, boshqaruvning parlament tizimi tanlangan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat yangi boshqaruv shakliga o‘tganidan keyin uni birinchi bo‘lib saylangan Prezident Sadir Japarov boshqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

506

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing