Qirg‘iz-tojik chegarasida yangi to‘qnashuv: chegarchilarga qarata o‘q uzilgan

Olam

image

9 yanvardan 10 yanvarga o‘tar kechasi Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududida navbatdagi mojaro yuz berdi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 yanvar kuni soat 00:40 da “Orto Boz” chegara zastavasi yaqinidagi Tort-Kocho aholi punktida Tojikiston fuqarolari Botkenga qarab ketayotgan Honda Odissey rusumli avtomobilni toshbo‘ron qilgan. Natijada moddiy zarar yetkazilgan.

Hodisa yuzasidan kechasi soat 1:00 larda mahalliy Ichki ishlar bo‘limlari vakillari uchrashuv o‘tkazgan. Tojikiston tomoni ham holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qilgan. Huddi shunday holat keyinroq yana bir avtomobil bilan sodir bo‘lgan.

Shuningdek, noma’lum shaxslar qirg‘iz-tojik chegarasi yaqinida Qirg‘iziston chegarachilariga mayda kalibrli ov qurolidan o‘q uzgan. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lum qildi. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, noma’lum shaxslar Tojikiston hududiga yashiringan.

Taxminan soat 02:40 larda Tojikiston fuqarolari Dahma aholi punktida Qirg‘iziston fuqarosining uyini toshbo‘ron qilishgan. Chegarachilar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birga Qirg‘iziston fuqarosining uyiga yo‘l olishgan vaqtda, Tojikiston hududidan kichik kalibrli ov miltig‘i orqali o‘qqa tutilganlar. O‘q otish orada uzilishlar bilan kuzatilgan, o‘qlar faqat tojikistonliklar tomonidan otilgan.

Село Кок-Таш Баткенского района

Botken viloyatida joylashtirilgan chegara bo‘linmalari kuchaytirilgan rejimda xizmat olib bormoqda.

Qirg‘iziston - Tojikiston davlat chegarasi qismida vaziyat keskinlashuv elementlari bo‘lgan holda, nisbatan barqaror bo‘lib turibdi. Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi nazorat-o‘tkazish punktlari odatiy rejimda ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing