Qirg‘iz-tojik chegarasida yana mojaro: IIV xodimi yaralandi

Olam

image

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana mojaro kelib chiqdi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda. 

Tokjiston bilan chegarada joylashgan Qirg‘izistonning Kok-Tosh qishlog‘ida ikki mamlakatning 200 yaqin fuqarolari o‘rtasida mojaro chiqib, ular bir-birlariga tosh otganlar. Voqea bugun, 18 dekabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. 

Ikki davlat chegara xizmati, huquq-tartibot organlari va viloyat ma’muriyati vakillari muzokara o‘tkazdi. Muzokara vaqtida soat 11:30 da Tojikiston tomonidan noma’lum shaxslar Qirg‘iziston fuqarolariga qarata tosh otishni boshlagan. Qirg‘izistonliklar o‘z navbatida ikki mashina old oynalarini tosh bilan sindirishgan. 20 daqiqadan so‘ng kichik kalibrli miltiqdan o‘q otildi. Buning oqibatida Qirg‘iziston IIV Ichki qo‘shin harbiy xizmatchisi yaralangan. Miltiqdan yaralangan xodim va yana 4 kishi shifoxonaga yotqizilgan. 

Ta’kidlanishicha, muzokara to‘xtatilgan. Hozirgi vaqtda tomonlar ikki davlat chegara tumanlarida yashaydigan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Tojik-qirg‘iz chegara uchastkasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Chegara bosh shtab rahbari – raisning birinchi o‘rinbosari Abdikarim Alimbayev Botkent viloyatiga jo‘nab ketgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil boshidan beri Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasining aniqlab bo‘lmaydigan qismida mahalliy aholi o‘rtasida 10 dan ortiq mojarolar kelib chiqqan. Xususan, mojarolardan biri 15 sentyabrda boshlangan. 

Ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirokidagi muzokaralarda tomonlar harbiy xizmatchilar va harbiy texnikalarni chegaradan olib chiqib ketishga va chegaralarni muntazam bo‘linmalar bilan qo‘riqlashga kelishib olgan edilar. 19 sentabrga o‘tar kechasi harbiy texnikalar va shaxsiy tarkib chegaradan olib chiqilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston-Tojikiston Qirg'iz-tojik chegarasi

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing