Qirg‘iz chegarachilari O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirayotgani rostmi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qirg‘izistondagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punktida qirg‘izistonlik chegarachilar O‘zbekiston fuqarolaridan noqonuniy tarzda pul urdirayotgani aytildi. Bu haqda qirg‘izistonlik bloger Shohruh Soipov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shohruh Soipov O‘zbekistonga qaytish uchun “Do‘stlik” chegara bekatiga yul olgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashgan. Yo‘lovchilarga ko‘ra, chegarada Qirg‘iziston chegarachilarining o‘zbekistonliklardan ochiqchasiga pul talab qilishi odatiy hol.

“Chegarachi mendan pul so‘radi, 100 som bersam, musht tushirdi. Deklaratsiya to‘ldiririshim kerakligini aytdi. Muhr bosayotgan xodimning oldiga borsam, chekkada kutib turishimni aytdi. Keyin meni qayta chaqirib, boshlig‘ining oldiga borib kelishimni aytdi. Eshikni oldida turgan odam boshlig‘i ekan.

Borsam, 1000 qirg‘iz somi ber, dedi. Men bunday pulim yuqligini va 200 som pulim borligini aytdim. Keyin u 500 som berishimni so‘radi. Pulimni maydalab kelib, berdim. Shundan so‘ng qo‘yib yuborishdi. Bu yerda juda kalaka qilisharkan. Hammamiz musulmonmiz-ku, ja-a-a bunaqa qilish shart emas-ku”, degan o‘zbekistonliklardan biri.

Yana bir yo‘lovchining aytishicha, chegarachilar hammadan har xil mablag‘ so‘raydi.

“Chegaradan o‘tayotganimizda bir o‘zbek akadan ham pul so‘rashdi. U yonida puli yo‘qligi, akasi hozirgina chegaradan o‘tib ketganini aytdi. Nega yolg‘on gapiryapsan, deb uni urdi, hamma ko‘rdi. Keyin ichkariga kirdik. U yerda Rossiya fuqaroligini olgan boshqa bir o‘zbekistonlikka ham shunday muomala qildi. Nega o‘zbek bo‘la turib, Rossiya fuqaroligi bilan kirib kelyapsan, deb undan ham yaxshigina pul oldi”, deydi Istanbuldan O‘shga qo‘nib, O‘zbekistonga qaytayotgan fuqaro.

Shuningdek, u chegarachilar uning o‘zidan ham 50 ming o‘zbek so‘mi so‘ragan, u esa 5 dollar berib, chegaradan o‘tib ketgan.

 “Ularga pulni ochiqchasiga bera olmaysiz. Ular pulni pasport ichiga solishni so‘raydi. “Pasportda pul bo‘lmasa, deporting bor ekan”, deb ko‘z qisib qo‘yishyapti. Keyin “nagliy” “50 ming bersang o‘tasan”, deb aytdi”, deydi Turkiyadan qaytgan o‘zbekistonlik yigit. 

Bu holatga oydinlik kiritish maqsadida Shohruh Soipov o‘zi ham  Qirg‘iziston chegarachilari nazorat-o‘tkazish punktida navbatda turgan va O‘zbekiston fuqarolaridan pul talab qilib olinayotganiga guvoh bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing