Qimorga bo‘lgan qiziqishi sabab Tokio prokurori iste’foga chiqdi

Olam

image

Tokioda koronavirus sababli favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan. Ammo shunga qaramay, qimor o‘ynagan va uning ketidan janjal ko‘targan shahar prokuraturasi rahbari Xiromu Kurokava iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

NHK telekanali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kurokava may oyida “Sankei” gazetasi jurnalistini u bilan majong o‘ynashga bir necha bor chaqirgan.

Shu bois prokuror ijaraga olingan mashinada shahar bo‘ylab harakatlanishni afzal ko‘rdi. Kurokavaning majongga bo‘lgan muhabbati sababli katta janjallar kelib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi o‘rtalarida Yaponiya mamlakatning aksariyat qismida favqulodda holat rejimini bekor qilganini e’lon qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 16,3 mingdan ortiq koronavirus holati aniqlangan. Infeksiya oqibatida 768 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing