Qimmat virus blokatorlar sotib olishga arziydimi?
Jamiyat
−
01 iyul 2020
15594Koronavirus pandemiyasi sabab virus blokatorlari odamlar orasida ommalashdi. O‘zbekistonda ular bir muncha qimmat. Shu sababdan odamlar uni sotib olishdan avval haqiqatan samara berishiga qiziqishi turgan gap.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov brifing vaqtida dorixonalarda koronavirusdan himoya qilishi aytilib, qimmat narxga sotilayotgan beydj (virus blokator)ning foydaliligi haqida fikr bildirdi.
“Viruslar blokatori — Yaponiyada kashf qilingan individual beydj, hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalari ham uni ishlab chiqarishmoqda. Kashfiyotchilarning ta’kidlashicha, beydjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirishga va bakteriya, virus va qo‘ziqorinlarni yo‘q qilishga yordam beradi.
Afsuski, bunday bayonotlar beydjlar haqiqatdan inson atrofida tozalikni ta’minlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor bug‘ shaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uchun uni sepish kerak, plastik yoki qog‘ozga kiritish emas. Bundan tashqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qo‘zg‘atuvchisida sinovdan o‘tkazishgan, ishlab chiqaruvchilar esa barcha mavjud mikroorganizmlardan 99 foizga himoyalashini aytishmoqda”, deydi Oqilov.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Hukumati a’zolari ham virus blokatoridan foydalanadi. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan bir nechta yig‘ilishlarda Bosh vazir Abdulla Aripov, Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va boshqa qator vazirlar ham blokator taqib olgani ko‘ringandi.
LiveBarchasi