Qidiruvdagi yana bir ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

3-sahifa

image

Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2022 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Dilafruz Isroilovna Madiyeva qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan 48 yoshli Dilafruz Madiyeva bugun, 13 avgust kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “Bonu” taxallusi bilan tanilgan ayol ushlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Firibgarlik deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing