Qidiruvdagi shaxs aeroportda qo‘lga olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 20 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida jinoyatchilikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jinoyat kodeksining 223-modda (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 1-qismi hamda 2442-modda (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, 1986 y.t. Zangiota tumanida ro‘yxatda turuvchi Ya.M. ushlangan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, JKning 2442-moddasining 1-qismi bilan ayblangan shaxs besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

578

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing