Qidiruvdagi qiz niqob sabab qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
19 may 2021 64678 1 daqiqa
Bektemir tumanida jamoat joyida tibbiy niqob taqmaganligi sababli to‘xtatilgan qiz qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 18 may kuni soat 16:40 da Bektemir tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidagi “Qo‘yliq” dehqon bozori yaqinida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilinishini nazorat qilishga qaratilgan tadbir o‘tkazilgan. Unda niqob taqmagan qiz to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida uning shaxsi aniqlangan va u o‘tgan yilning 27 dekabr kunidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasida (“Firibgarlik”) ko‘rsatilgan hatti-harakatlarni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan 2002 yilda tug‘ilgan Aziza M. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Fuqaro Bektemir tumani IIO FMBga yetkazilgan.
Live
Barchasi