Qibrayda radar o‘rnatayotgan muhandis tok urishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
11 may
6591Toshkent viloyatining Qibray tumanida radar o‘rnatayotgan 26 yoshli muhandis tok urishidan vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi buyrug‘ida ma’lum qildi.
Yigit kompyuter tarmog‘i muhandisi bo‘lgan. U 1 may kuni soat 17:20 larda tumandagi universitet va Salar ko‘chalarining chorrahasida ishlayotganida tok urishi oqibatida vafot etgan. 1998 yilda tug‘ilgan yigit 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan.
Hozirda mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirish uchun komissiya tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida daraxt ag‘darilishi oqibatida 1 yoshli qiz vafot etgandi.