Qibrayda ikki avtobusning poyga o‘ynashi YTH bilan tugadi

3-sahifa

image

Kecha, 11 aprel kuni Toshkent viloyatining Qibray shahrida ikki yo‘lovchi avtobusining poyga o‘ynashi yo‘l-transport hodisasi bilan yakunlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11 aprel kuni soat 14:30 atrofida “2-Avtobus saroyi” filiali haydovchisi X.U. Isuzu rusumli, saroy raqami 235 bo‘lgan avtobusni 199-yo‘nalishda Qibray shahri Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotib, “Makro” do‘koni qarshisida Lacetti rusumli yengil avtomobil bilan to‘qnashuv sodir qilgan. To‘qnashuv natijasida jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda, mazkur yo‘l-transport hodisasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Shuningdek, ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilganda, haydovchi X.U. “2-Avtobus saroyi” filiali haydovchisi A.F boshqaruvidagi Isuzu rusumli saroy raqami 245-bo‘lgan 198-sonli avtobus yo‘nalishi bilan o‘zaro poyga o‘ynagani aniqlangan.

Yo‘lovchilar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo‘ygani hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etmagani natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgani uchun har ikki haydovchi bilan filial o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Avtobusga yetkazilgan zarar aybdor haydovchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda undiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing