Qibrayda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hududida erta tongdan yo‘llarga suv sepilib, yuvilgani  va muzlab qolishi oqibatida bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida video lavha tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi YHXBB sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ushbu video lavhada bugun, 18 mart kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida Matiz, Cobalt, Damas, “Vaz-2106” va Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

YTH yuzasidan Qibray tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

462

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing