Qibrayda 3 mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
24 mart
3160Toshkent viloyati Qibray tumanida Onix, Spark va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 24 mart kuni soat 16:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tgan D-008 M39 avtomobil yo‘lining 813-kilometrida Onix, Spark va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Bildirilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida Onix rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda Qibray tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Nexia-2 rusumli avtomobil boshqa bir avtomashina bilan to‘qnashib, yonib ketgan edi.
LiveBarchasi