Qayta saylov o‘tkaziladigan okruglar soni 25 taga yetdi. 2-tur sanasi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar o‘tkazildi.

23 dekabr kuni saylovning dastlabki natijalari e’lon qilinib, 22 ta saylov okrugida nomzodlar yetarlicha ovoz to‘play olmagani sababli 2-tur ham o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Bugun, 25 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalariga tuzatish kiritdi va 22 emas 25 okrugda saylovlar qaytadan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Saylovning 2-turi 2020 yilning 5 yanvar kuni o‘tkaziladi.

"Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining yakuniy bayonnomalari o‘rganib chiqilganda, 3 ta saylov okrugida saylov natijalarini aniqlash jarayonida arifmetik xatolikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. 
Bular Samarqand viloyati 67-Pastdarg‘om saylv okrugi hamda Farg‘ona viloyati 102-Yaypan va 106-Bag‘dod saylov okruglaridir.

Xatolik saylov natijalarini hisoblash bilan bog‘liq bo‘lib, to‘plangan ovozlarni nomzodlar o‘rtasida foiz ko‘rinishida taqsimlashda sodir etilgan (ekranda ko‘rish mumkin) Misol keltirish kerak. Yuqorida qayd etilgan saylov okruglarida nomzodlarning birontasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi", deb ma’lum qildi MSK raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov.

 

Parlament saylovi birinchi turining korrektirovka qilingan holatdagi natijalari: 

1. O‘zLiDeP - 42 (-1)
2. “Milliy tiklanish” - 34 (-1)
3. “Adolat” SDP - 20 (-1)
4. Xalq demokratik partiyasi - 18
5. Ekopartiya - 11


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing