Qaysi OTMlarning xarajati daromadidan ko‘p? (ro‘yxat)

Bu qiziq

image

O‘zbekistondagi 70 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining oxirgi olti oydagi daromadlari va xarajatlari tahlil qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Keltirilishicha, tahlil Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan.

Respublika kesimida eng ko‘p daromad quyidagi OTMlarga to‘g‘ri keladi:

  • O‘zbekiston milliy universiteti (245 mlrd so‘m);
  • Farg‘ona davlat universiteti (191 mlrd so‘m);
  • Qoraqalpoq davlat universiteti (188 mlrd so‘m);
  • Termiz davlat universiteti (169 mlrd so‘m).

Yarim yilda xarajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar:

  • Namangan davlat universiteti (-230 mlrd so‘m);
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti (-128 mlrd so‘m);
  • Urganch davlat universiteti (-85 mlrd so‘m).

Shuningdek, joriy yilning dastlabki olti oyida daromad va xarajatlar orasidagi ijobiy tafovuti yuqori bo‘lgan OTMlar — Samarqand davlat chet tillar instituti (33 mlrd so‘m), Navoiy davlat pedagogika instituti (27 mlrd so‘m), Termiz davlat pedagogika instituti (24 mlrd so‘m), Shahrisabz davlat pedagogika instituti (19 mlrd so‘m).

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikada jami 210 ta OTMlar bo‘lib, ulardan 115 tasi davlat organlari tasarrufidagi OTMlar, 65 tasi nodavlat oliy ta’lim muassasalari, 30 tasi xorijiy OTMlar va ularning filiallari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM daromad xarajat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing