Endi qaysi OTMga nechta abituriyent hujjat topshirganini onlayn ko‘rish mumkin

Jamiyat

image

Abituriyentlardan tushgan arizalar sonini yo‘nalishlar kesimida onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun abituriyent Davlat test markazi tomonidan yaratilgan qabul.dtm.uz saytiga kirishi va oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlashi kifoya.

Bunda tanlangan oliy ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

- Qabul rejasi;
- Birinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Ikkinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Uchinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Birinchi sifatida tanlaganlar bo‘yicha tanlov ko‘rsatkichi.


Maqola muallifi

Teglar

qabul abiturient DTM

Baholaganlar

6475

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing