Qaysi kunlari Yerni magnit bo‘roni qamrab olishi aytildi 

Olam

image

Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti 22-26 noyabr kunlari Yerda G1 darajadagi yangi magnit bo‘roni sodir bo‘lishini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha, 22-26 noyabr kunlari Yer magnitosferasi bo‘ronli bo‘ladi. Xususan, 22, 24 va 25 noyabr kunlari Yerni G1 darajasidagi magnit bo‘roni qamrab oladi. 23 va 26 noyabrda esa bo‘ron biroz zaiflashadi, lekin magnitosfera notinchligicha qoladi.

Magnit bo‘ronlarining kuchi besh balli shkala bo‘yicha baholanib, G1 darajasidagi bo‘ron eng kuchsizi hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, odatda Quyosh chaqnashlari Yerda magnit bo‘ronini keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida energiya tizimlarida uzilishlarga olib keladi, qushlar va hayvonlarning migratsiya yo‘llariga ham ta’sir qiladi. Kuchli bo‘ronlar qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining uzilishiga, shuningdek, sanoat tarmoqlarida kuchlanishning buzilishiga olib keladi. 

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabrda Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni G1 daraja

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing