Bugun Yerda juda kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi

Olam

image

2025 yil va so‘nggi bir necha yil ichidagi eng kuchlilaridan biri bo‘lgan magnit bo‘ron Yerda bugun, 7 noyabr kuni sodir bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bugun, 7 noyabr kuni 2025 yilning eng kuchli geomagnit bo‘roni, shuningdek, oxirgi bir necha yil ichidagi eng kuchlilaridan biri Yerga ta’sir qiladi. Laboratoriya ma’lumotiga ko‘ra, plazma harakatining modeli 2024 yil 11–12 may kunlari G5 darajasidagi magnit bo‘ron oldidan kuzatilgan holatga juda o‘xshash. Shu paytda Yerga bir nechta Quyosh portlashlari kelib, yo‘lda birlashib rekord darajadagi tuzilma hosil qilgan edi.

Yer magnit maydonidagi bezovtalik darajasi (kuchlanish) besh darajali shkalada o‘lchanadi: G1 – zaif, G5 – “ekstremal kuchli”.

6 noyabr kechasi yuz bergan plazma zaryadini hisobga olmagan holdagi prognoz bo‘ron darajasini G3–G4 darajasida ko‘rsatmoqda, ammo kun davomida hisob-kitoblar yangilanganda, bu daraja katta ehtimol bilan G4–G5 oralig‘iga ko‘tarilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing