Qaysi davlatlar eng ko‘p qurol-yarog‘ sotib olmoqda?

Olam

image

2015 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan besh yillik davrda asosiy qurol turlarini xalqaro yetkazib berish 2010-2014 yillarga nisbatan 5,5 foizga o‘sdi. Stokgolm Xalqaro tinchlik tadqiqot instituti tomonidan taqdim etilgan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida AQSH, Rossiya, Fransiya, Germaniya va Xitoy eng yirik qurol-yarog‘ eksportchilariga aylandi.

Birinchi o‘rinda AQSH bormoqda. U dunyodagi barcha qurollarning 36 foizini 96 mamlakatga, eng ko‘p Saudiya Arabistoniga yetkazib beradi.

Qurol eksportining Rossiya ulushi dunyo miqyosidagi 21 foizni tashkil etdi. U 47 davlatga qurol yetkazib beradi. Qurollarning 57 foizi Osiyo va Okeaniya mamlakatlariga, 19 foizi Yaqin Sharqqa (asosan, Misr va Iroqqa), 17 foizi Afrikaga, 5,7 foizi Yevropaga, 0,8 foizi Shimoliy va Janubiy Amerikaga jo‘natilgan.

Fransiya va Germaniyadan eksport hajmi ham oshdi va mos ravishda 7,9 va 5,8 foizni tashkil etdi. 5,5 foiz ulushi bilan beshinchi o‘rinni Xitoy egalladi.

So‘nggi besh yil natijalariga ko‘ra, asosiy importchilar Saudiya Arabistoni, Hindiston va Misr bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Hindiston Misr

Baholaganlar

399

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing