Qaysi davlat tashkiloti fuqarolar bilan yomon ishlamoqda? (ro‘yxat)
Jamiyat
−
18 may 10973 2 daqiqa
Joriy yilning ilk uch oyligida Xalq qabulxonalariga qaysi idora yoki vazirliklarda tegishli bo‘lgan qancha murojaatlar kelib tushgani ochiqlandi. Bu haqda Prezident xalq qabulxonasining matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 1-choragida Prezident xalq qabulxonalariga bo‘lgan murojaatlarning asosiy qismi aslida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Majburiy ijro byurosi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar yuzasidan bo‘lgan. Ro‘yxatning yuqorisidan muammolar uchburchagidan chiqmagan Energetika vazirligi ham o‘rin olgan. Faqatgina 2026 yil yanvar-mart oylarida asl manzili shu tashkilotning eshigi bo‘lishi kerak bo‘lgan 17 791 ta murojaat Xalq qabulxonalariga kelib tushgan.
Quyida vazirlik va idoralar vakolatiga oid masalalarda eng ko‘p murojaat tushgan ro‘yxat to‘liq keltirilgan:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi – 26 077 ta;
- Majburiy ijro byurosi – 24 889 ta;
- Ichki ishlar vazirligi – 22 623 ta;
- Energetika vazirligi – 17 791 ta;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi – 12 699 ta;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – 12 152 ta;
- Oila va xotin–qizlar qo‘mitasi – 11 444 ta;
- O‘zbekiston mahallalari uyushmasi – 10 546 ta;
- Bosh prokuratura – 9 462 ta;
- Markaziy bank va tijorat banklari – 8 549 ta;
- Oliy sud – 6 343 ta;
- Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi – 5 453 ta;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – 4 796 ta;
- Soliq qo‘mitasi – 4 296 ta;
- Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi – 3 831 ta;
- “O‘zsuvta’minot” AJ – 3 459 ta;
- Qurilish va uy–joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – 3 115 ta.
Prezident nomiga yo‘llanayotgan murojaatlarning katta qismida, aslida, vazirlik, qo‘mita, idoralar va mahalliy hokimliklar darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ko‘tarilgan.
Axborotda ta’kidlanishicha, Prezident Xalq qabulxonasiga yuborilgan har bir murojaat ko‘rib chiqilishi va ijrosi ta’minlanishi uchun tegishli vazirlik hamda idoralarning respublika bo‘g‘iniga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 1-choragi davomida Prezident xalq qabulxonalariga 178 237 nafar fuqarodan jami 296 235 ta murojaat kelib tushgani va ular qaysi mazmundagi murojaatlar ekani haqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi