Qaysi hududlarda suv ta’minoti tiklangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yettita hududda aholiga ichimlik suvi yetkazib berish to‘liq tiklangan. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda aholiga ichimlik suvi yetkazib berish to‘liq tiklandi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 100 foiz;
  • Buxoro viloyati — 100 foiz;
  • Navoiy viloyati — 100 foiz;
  • Namangan viloyati — 100 foiz;
  • Samarqand viloyati — 100 foiz;
  • Xorazm viloyati — 100 foiz;
  • Toshkent shahri — 100 foiz.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi 500 ta qozonxonadan 444 tasi o‘z ish faoliyatini qayta tiklagan.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

100

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing