Qaysi hudud aholisida eng ko‘p avtotransport vositalari mavjud?

Jamiyat

image

2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur avtotransport vositalaridan:

•    Yengil avtomobillar – 2 410 421 ta 
•    Yuk avtomobillari – 150 294 ta 
•    Avtobuslar – 5 072 ta 
•    Mikroavtobuslar – 10 590 ta
•    Maxsus  transportlar – 3 756 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 1 yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Toshkent shahri (417 646 ta), Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg‘ona (243 230 ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil'

Baholaganlar

688

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing