Qaysi hudud aholisida eng ko‘p avtotransport vositalari mavjud?
Jamiyat
−
24 Sentabr 2020
179992020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur avtotransport vositalaridan:
• Yengil avtomobillar – 2 410 421 ta
• Yuk avtomobillari – 150 294 ta
• Avtobuslar – 5 072 ta
• Mikroavtobuslar – 10 590 ta
• Maxsus transportlar – 3 756 ta
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 1 yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Toshkent shahri (417 646 ta), Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg‘ona (243 230 ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.
LiveBarchasi